Lab background
Psixofiziologiya Tadqiqotlari

INSON RUHIYATIGA ILMIY NAZAR

Samarqand davlat pedagogika instituti Psixologiya laboratoriyasi fundamental va amaliy tadqiqotlarga yo‘naltirilgan. U psixologiyaning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar, tajribalar, baholash va o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy maskandir. Laboratoriya tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun inson xulq-atvori, bilish jarayonlari, hissiyot, idrok, o‘rganish, xotira hamda miya faoliyatini standartlashtirilgan metodlar va zamonaviy texnologik vositalar yordamida o‘rganish imkonini beruvchi nazorat qilinadigan muhitni ta’minlaydi. Laboratoriya odatda psixologik testlar o‘tkazish, xulq-atvorni kuzatish, kognitiv tajribalar tashkil etish, psixofiziologik o‘lchovlar olib borish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun zarur sharoitlarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy psixologiya laboratoriyalari kompyuterlar, reaksiya vaqtini o‘lchash tizimlari, EEG — elektroensefalografiya tizimlari hamda psixologik baholash va statistik tahlil uchun maxsus dasturiy ta’minot bilan jihozlanishi mumkin.

Scroll
Ilmiy Yo'nalishlar

Tadqiqot Yo'nalishlarimiz

Psixofiziologiyaning turli sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdamiz.

🧠

Laboratoriyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

• psixologiyaning dolzarb ilmiy muammolari bo‘yicha dissertatsiyalar, ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlari uchun eksperimental ma’lumotlarni olish hamda tahlil qilish;

• psixologiya yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlari bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish;

• davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning turli shakllarini amalga oshirish;

• psixologik test metodikalarini qo‘llash, olingan natijalarni statistik qayta ishlash va ilmiy xulosalar tayyorlash;

• psixoterapevtik va klinik-psixologik tadqiqotlar doirasida maxsus sinaluvchilar guruhlari bilan tajriba-sinov ishlarini olib borish.

Batafsil
🧠

Laboratoriyaning asosiy vazifalari

Laboratoriya psixologiya sohasida ilmiy-tadqiqot, amaliy, innovatsion va metodik faoliyatni tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
• psixologiya sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etish;
• ta’lim, fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, ilmiy natijalarning ta’lim jarayoni va amaliy psixologik xizmatlarda qo‘llanilishiga erishish;
• psixodiagnostik tadqiqotlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan baholash vositalari, test metodikalari va diagnostik yondashuvlarni moslashtirish, takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash;
• psixologik bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash yo‘nalishlarini rivojlantirish, psixolog-amaliyotchilarning kasbiy vazifalari va faoliyat samaradorligini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
• oilaviy psixologik maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish va uning samarali ishlashini ta’minlash;
• aholining psixologik savodxonligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy chora-tadbirlar va ma’rifiy dasturlarni ishlab chiqish;
• ommaviy kommunikatsiya, ijtimoiy muloqot va reklama sohalarida psixologik yondashuvlarni qo‘llash hamda ushbu yo‘nalishlarda psixologlar faoliyatini tashkil etish;
• iqtidorli talaba-yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati, qiziqishlari va shaxsiy rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash;
• aholiga zamonaviy talab va sifat mezonlariga javob beradigan psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish;
• aholi farovonligi, baxtlilik darajasi, mental salomatlik, stressga chidamlilik va psixologik barqarorlik yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
• favqulodda vaziyatlar sharoitida psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, og‘ir psixologik holatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan trening va reabilitatsiya dasturlarini yaratish hamda joriy etish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, idrok, ong, xulq-atvor, kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, moslashtirish va ommalashtirish;
• psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz metodik ta’minotini yaratish;
• yosh psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixodiagnostika va genetik psixologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;
• psixologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy maktablarni shakllantirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish;
• psixologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

Batafsil
Barchasi
Bizning Jamoa

Tadqiqotchilar Jamoasi

Turli mutaxassisliklardan iborat tajribali olimlar guruhi.

Gapparov Alibek Karshiboyevich

Gapparov Alibek Karshiboyevich

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Isxakova Shahlo Ismoilovna

Isxakova Shahlo Ismoilovna

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Negmatova Shaxzoda Shuxratovna

Negmatova Shaxzoda Shuxratovna

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Butayeva Umida Aliboyevna

Butayeva Umida Aliboyevna

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Khan Azizuddin

Khan Azizuddin

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Rizakulova Sevara Isroilovna

Rizakulova Sevara Isroilovna

Asosiy Tadqiqotchi (PI)
Barcha a'zolar
Hamkorlik

Biz bilan Bog'laning

Hamkorlik, intervyu yoki tadqiqot bo'yicha savollar uchun murojaat qiling.

Xabar Yuborish