Biz nimalarni o'rganamiz?

Bizning Tadqiqotlarimiz

Inson idroki, hissiyotlari va xulq-atvorining neyron hamda fiziologik asoslarini o'rganamiz.

Laboratoriyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
🧠

Laboratoriyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

• psixologiyaning dolzarb ilmiy muammolari bo‘yicha dissertatsiyalar, ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlari uchun eksperimental ma’lumotlarni olish hamda tahlil qilish;

• psixologiya yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlari bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish;

• davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va aholiga psixologik xizmat ko‘rsatishning turli shakllarini amalga oshirish;

• psixologik test metodikalarini qo‘llash, olingan natijalarni statistik qayta ishlash va ilmiy xulosalar tayyorlash;

• psixoterapevtik va klinik-psixologik tadqiqotlar doirasida maxsus sinaluvchilar guruhlari bilan tajriba-sinov ishlarini olib borish.

Batafsil
Laboratoriyaning asosiy vazifalari
🧠

Laboratoriyaning asosiy vazifalari

Laboratoriya psixologiya sohasida ilmiy-tadqiqot, amaliy, innovatsion va metodik faoliyatni tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
• psixologiya sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etish;
• ta’lim, fan va amaliyot o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, ilmiy natijalarning ta’lim jarayoni va amaliy psixologik xizmatlarda qo‘llanilishiga erishish;
• psixodiagnostik tadqiqotlarni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan baholash vositalari, test metodikalari va diagnostik yondashuvlarni moslashtirish, takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash;
• psixologik bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash yo‘nalishlarini rivojlantirish, psixolog-amaliyotchilarning kasbiy vazifalari va faoliyat samaradorligini ilmiy-metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
• oilaviy psixologik maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
• uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat faoliyatini takomillashtirish va uning samarali ishlashini ta’minlash;
• aholining psixologik savodxonligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy chora-tadbirlar va ma’rifiy dasturlarni ishlab chiqish;
• ommaviy kommunikatsiya, ijtimoiy muloqot va reklama sohalarida psixologik yondashuvlarni qo‘llash hamda ushbu yo‘nalishlarda psixologlar faoliyatini tashkil etish;
• iqtidorli talaba-yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati, qiziqishlari va shaxsiy rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash;
• aholiga zamonaviy talab va sifat mezonlariga javob beradigan psixologik xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish;
• aholi farovonligi, baxtlilik darajasi, mental salomatlik, stressga chidamlilik va psixologik barqarorlik yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
• favqulodda vaziyatlar sharoitida psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, og‘ir psixologik holatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan trening va reabilitatsiya dasturlarini yaratish hamda joriy etish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, idrok, ong, xulq-atvor, kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, moslashtirish va ommalashtirish;
• psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz metodik ta’minotini yaratish;
• yosh psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixodiagnostika va genetik psixologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;
• psixologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy maktablarni shakllantirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish;
• psixologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

Batafsil